O`zbekiston va Qirg`iziston o`rtasida xalqaro avtobus qatnovi yo`lga qo`yildi.
Bugun 5 may kuni Toshkent — Bishkek — Toshkent yo`nalishi bo`yicha ilk avtobus soat 17:30da "Toshkent" avtovokzalidan yo`lga chiqadi. Muntazam qatnovlar 7 maydan boshlanadi.
Qatnov masofasi 601 kilometrni, yo`lga sarflanadigan vaqt 12 soat 40 daqiqani tashkil etadi. Jadvalga "G`isht ko`prik" (O`zbekiston) va "Jibek Jol" (Qozog`iston), "Supatay Batr" (Qozog`iston) va "Chaldovar" (Qirg`iziston) postlarida bojxona va chegara nazoratidan o`tish uchun 30 daqiqadan vaqt belgilangan.
Yo`l kira narxi bir yo`lovchi uchun 120 ming so`m yoki 1000 qirg`iz somini tashkil etadi.






