AsosiyJamiyat

Toshkent ko`chalarida Hyundai maxsus tozalash avtotransportlari o`z xizmatini boshlaydi

'Toshkent ko`chalarida Hyundai maxsus tozalash avtotransportlari o`z xizmatini boshlaydi 'ning rasmi

Poytaxtimiz yo`llarini, ko`chalarini yanada obod va ko`rkam bo`lishi uchun Toshkent shahar Hokimligi ajoyib ishga qo`l urdi.

Yaqin kunlardan boshlab Toshkent ko`chalarida, mahallalarida tozalik, obodlik uchun yangi Hyundai maxsus tozalash avtotransportlari o`z xizmatini boshlaydi. Ushbu transportlar shahrimiz ekologik tozaligiga o`z hissasini qo`shishi aniq.

Jadallik bilan rivojlanayotgan hozirgi texnika asrida, yangi, tezkor, tejamkor, ekologik toza transportlar xizmatidan foydalanish zamon talabidir. Ushbu amalga oshirilayotgan ishlar poytaxtimiz aholisining turmush-tarzi, farovonligi va sog`lom hayoti, hamda emin-erkin yashashi yo`lidagi harakatlar davomidir.

    Boshqa yangiliklar