AsosiyDunyo

Eronda ko`zi ojiz ayollar o`rtasida Qur`on musobaqasi o`tkaziladi

'Eronda ko`zi ojiz ayollar o`rtasida Qur`on musobaqasi o`tkaziladi'ning rasmi

Kelgusi yili Eronda ko`zi ojiz ayollar o`rtasida“Uchinchi xalqaro Muqaddas Qur`on musobaqasi” o`tkaziladi, deb xabar berdi "info.islom.uz" nashri.

Buni davlatga qarashli "Farovonlik" jamg`armasi rahbari Anushirvan Muhsin Bandpey e`lon qildi.

Bandpeyning aytishicha, "Farovonlik" jamg`armasi musobaqa uyushtirishidan ko`zlangan maqsad ko`zi ojiz ayollar o`rtasida Qur`on bo`yicha xalqaro miqyosda aloqalar o`rnatish va ular qanday qobiliyat egasi ekanini jamiyatga ko`rsatishdan iborat.

MNA axborot agentligi xabariga ko`ra, "Farovonlik" jamg`armasi muborak Ramazon oyida ham Qur`on bilan bog`liq qator tadbirlar o`tkazishni rejalashtirgan.

    Boshqa yangiliklar