O`zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan «Yosh kitobxon» tanlovining 2018 yilgi bosqichiga arizalar qabul qilinishi davom etmoqda.
Eslatib o`tamiz, ushbu tanlov quyidagi uchta yosh toifasi bo`yicha alohida-alohida tartibda o`tkaziladi:
- 10 yoshdan 14 yoshgacha bo`lgan yoshlar;
- 15 yoshdan 19 yoshgacha bo`lgan yoshlar;
- 20 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan yoshlar.
Arizalar 15 apreldan 20 maygacha O`zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang`ich tashkilot etakchilari hamda tuman (shahar) Kengashlari tomonidan qabul qilinadi.
Tanlovda ishtirok etishga shoshiling! Prezident sovg`asi sizni kutmoqda!
Manba: O`zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi.






