Bugun, 3 may kuni xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi o`ttiz oltinchi
sessiyasi bo`lib o`tdi.
Sessiyada xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi vakolatiga doir masalalar, jumladan Toshkent shahridagi ba`zi geografik ob`ektlarga nom berish va ularning nomlarini o`zgartirish masalasi ko`rib chiqildi.
“Istiqlol” san`at saroyi va “Bunyodkor” metro bekatiga avvalgi “Xalqlar Do`stligi” nomini berish. Shayxontohur tumanidagi “Obinazir”, “Jarariq” mahallalari hududida joylashgan "Toshko`cha" ko`chasiga Shoahmad Shomahmudov nomini qaytarish, shuningdek, davlatimiz rahbarining 2017 yil 24-25 noyabr kunlari Janubiy Koreyaga davlat tashrifi davomida bergan taklifi hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 fevraldagi yig`ilish bayoni asosida Chilonzor tumani hududida joylashgan Yangi Baynalmilal ko`chasiga Seul ko`chasi nomini berish yuzasidan Kengashning tegishli qarori qabul qilinib, ijro uchun yo`naltirildi", - deyilgan hokimlik xabarida.






