Yoshlar etakchisi har gal Namanganga borganda bir makon bag`riga chorlaydi. Bu manzilda uni o`nlab qorako`zlar intiq kutishini yaxshi biladi. Bu dargohda inson bor mehrini bolalarga ulashib, zavqlanadi.
Bu bolakaylarning mehribon yurtboshisi tufayli usti but, qorni to`q, o`qishi va yashashi uchun barcha sharoitlar muhayyo. Lekin ularning ko`zi, dili intiq...
Namangan shahridagi 26-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan suhbatlashgan har qanday inson ularning samimiyatidan, beg`uborligidan bir olam taassurot oladi. O`g`il-qizlarning yorqin kelajagi uchun quvonadi.
O`z o`g`li kabi mehr qo`ygani Asadbek bilan kechgan bu galgi suhbat davomida fikrlari teran yigitchaning iltimosi Yoshlar etakchisida havas uyg`otdi.
«Otam bo`lib maktabimga bir marta ortimdan boring ...».
Bugun Qahramon Quronboev erta tongdan yigitcha tahsil oladigan maktab tomon otlandi...
Bu haqda davlat maslahatchisining Facebook’dagi sahifasida .







