AsosiyJamiyat

N​avoiyda faxriylar munosib taqdirlandi

'N​avoiyda faxriylar munosib taqdirlandi'ning rasmi

Navoiy viloyati hokimligida bir guruh nuroniy va mehnat faxriylariga “Mehnat faxriysi” ko`krak nishonini topshirish marosimi bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda O`zA.

Tadbirda nuroniy otaxon va onaxonlar davlatimiz rahbarining keksa avlod vakillariga ko`rsatayotgan e`zoz va ehtiromidan minnatdor ekanliklarini ta`kidladi. Prezidentimizning 2017 yil 14 iyuldagi “Mehnat faxriysi” ko`krak nishonini ta`sis etish to`g`risida”gi qaroriga asosan ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda samarali faoliyat yuritgan, halol mehnati bilan yurt ravnaqiga hissa qo`shgan faxriylar taqdirlanishi bu boradagi e`tibor namunasi bo`ldi.

Ilk bor berilayotgan ushbu nishonga joriy yilda Navoiy viloyatidan 41 nafar faxriy munosib ko`rildi.

6.JPG

8.JPG

– Ko`p yillik faoliyatimiz davomida orttirgan hayotiy tajribamiz bilan yoshlarga maslahat va o`git berishni burchimiz, deb bilamiz, – deydi Nurota tumanidan II darajali “Mehnat faxriysi” ko`krak nishoni sohibi Oydin Yahyoev. – Davlatimiz rahbarining bu g`amxo`rligi biz, faxriylarni el-yurt ravnaqi yo`lida amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg`usi bilan yashashga, bilim va tajribamiz bilan yoshlarning fidoyi bo`lishida ibrat ko`rsatishga undaydi. Shunday ekan, jamiyatimizda ijtimoiy-ma`naviy muhit barqarorligini ta`minlash, barcha sohalardagi islohotlar samarasini keng targ`ib etishda birinchi bo`lib o`zimiz tashabbus ko`rsatamiz.

    Boshqa yangiliklar