AsosiyDunyo

Markaziy Afrikada cherkovga hujum uyushtirildi

'Markaziy Afrikada cherkovga hujum uyushtirildi'ning rasmi

Markaziy Afrika Respublikasining poytaxti Bangi shahridagi cherkovga hujum uyushtirildi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.

Xabar berilishicha, hodisa tufayli 15 kishi qurbon bo`lgan.

Notre Dam de Fatima cherkovida jangarilar qurol bilan odamlarni o`qqa tutgan. Shundan so`ng, bino ichkarisiga portlovchi moddalarni uloqtirishgan. 9 kishi voqea joyida halok bo`lgan bo`lsa, qolgan 6 kishi kasalxonada hayotdan ko`z yumgan. Qurbonlarning ikki nafari cherkov ruhoniylaridir. Ma`lumotlarga ko`ra, 50 kishi turli darajadagi jarohatlar olgan.

Guvohlarining so`zlariga ko`ra, hujumni ikki kishi sodir etgan. Ular motosikllarda kelib, bino ichiga qarata o`q uzishni boshlashgan. Voqea ro`y bergan vaqtda cherkovda avliyo Jozef kuni nishonlanayotgani sababli bino odamlar bilan gavjum bo`lgan.

Mazkur hujum uchun javobgarlikni hozircha hech bir terrorchilik guruhi o`z zimmasiga olgani yo`q.

    Boshqa yangiliklar