AsosiyDunyo

Dunyoning ko`plab mamlakatlarida May Day kuni nishonlandi

'Dunyoning ko`plab mamlakatlarida May Day kuni nishonlandi'ning rasmi

1 may kuni dunyoning ko`plab mamlakatlarida May Day kuni bo`lib o`tdi, deb xabar berdi TASS nashri.

Jumladan, Janubiy Koreyaning Seul shahri qo`chalari ham shu kuni minglab odamlar bilan to`ldi.

Mazkur bayram har yili may oyining ilk kunida o`tkaziladi. Bu qadimiy bahor bayrami bo`lib, keyinchalik xalqaro mehnat kuni sifatida o`tkazila boshlagan.

Shu kuni ishchilar o`z huquqlarini himoya qilish uchunmarkaziy ko`chalarga chiqishadi.Poytaxt Seulning markaziy maydonlarida to`plangan odamlar ish sharoitini yaxshilashni talab qilishdi.

“Biz mehnat kuni qayta ko`rib chiqilishini istaymiz. Ishchilar haqidagi qarorlar qaytadan ko`rib chiqilishi lozim. Biz butun mamlakat fuqarolari uchun, ya`ni barcha uchun shu erdamiz”, dedi namoyish ishtirokchilaridan biri bo`lgan Kim Seung Xo.

Namoyishlarda turli sohadagi 10 minglab ishchilar to`planishgan. Ular orasidakasaba uyushmalari xodimlari xam bor. Shuningdek, May Day kuni Xitoyning Gongkong shahrida ham keng miqyosda nishonlandi.

2500kishi ishtirokidagi aksiya polisiya tomonidan nazorat qilindi. Odamlar ko`chalarda turli yozuvli bannerlarni ko`tarib olishdi.Ular oylik maoshlari oshirilishini talab qilishdi. May Day kuni Filipin,Tayvan va Evropaning ko`plab davlatlarida ham nishonlandi.

    Boshqa yangiliklar