AsosiyDunyo

Nigeriyadagi masjidlardan birida portlash sodir etildi

'Nigeriyadagi masjidlardan birida portlash sodir etildi'ning rasmi

Nigeriyaning Adamava shtatidagi Mubi shahridajoylashgan masjidda portlash sodir etildi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Hodisa tufayli kamida 27 kishi hayotdan ko`z yumgan.

Shaharning shimoliy-sharqiy hududidagi masjidda ketma-ket 2 ta portlash yuz berdi. Terrorchi-xudkushlardan biri masjid ichida portlovchi qurilmani harakatga keltirgan. So`ngra masjiddan 200 metr nariroqda yana bir terrorchi o`zini portlatgan.

Voqea oqibatida 27 kishi qurbon bo`lgan bo`lsa, yana 56 nafar inson yaralanib shifoxonaga yotqizildi. Ma`lum qilinishicha, mazkur xujum mahalliy Boko Xaram jangarilar guruhi tomonidan sodir etilgan.

Ushbu guruh a`zolari xudkush-terrorchilardan iborat bo`lib, ular aholi punktlarida tez-tez portlashlar va turli xil hujumlar uyushtirib turishadi. So`ngi bora 26 aprel kuni Boko Xaram jangarilarimamlakatning Borno shtatida portlash sodir etgan, oqibatda 4 kishi qurbon bo`lgan edi.

    Boshqa yangiliklar