Farg`ona viloyati O`zbekiston tumanidagi Gulnoza Karimovaning quvonchi cheksiz. Bugun unga hukumatimiz tomonidan imtiyozli ravishda yangi uy berildi.
3 nafar farzandini yolg`iz o`zi tarbiyalayotgan Gulnozaxon bir yo`la ish bilan ham ta`minlandi. Unga tikuv mashinasi hadya qilindi.
Tushdan so`ng Qo`rg`oncha mahalla faollari bilan uchrashdik. Mahalla hududidagi qarovsiz yotgan bino faollar tashabbusi bilan maktabgacha ta`lim muassasiga aylantirishga qaror qilindi.
Farg`ona viloyati Xotin-qizlar qo`mitasi hamda viloyat hokimligi tashabbusi bilan Qo`qon shahrida "Amina" nomli tikuv sexi ochildi. Unda 20 nafar ayollar ish bilan ta`minlandi.
Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari, Xotin-qizlar qo`mitasi raisi Tanzila Norboevaning Facebook’dagi sahifasida ma`lum qilindi.







