18 yoshli Shofiqa Begim va 23 yashar Saddam Xusayn hayotidagi eng baxtli kuni dunyoning turli joylarida o`tkazilatyogan to`y marosimlariga o`xshashdir. Ammo bir jihati bilan yosh rohinja musulmonlarining niqoh tantanasi boshqalarnikidan ajralib turadi, deb yozadi "info.islom.uz" nashri.
Ularning to`yi Bangladeshning Koks-Bozor shahrida joylashgan qochoqlar lagerida bo`lib o`tmoqda. Bu erda o`tgan yilning avgust oyidan beri Myanmadagi qirg`inbarotdan qochgan 660 000 rohinjalar ko`nim topgan.
Ikki yosh va ularning yaqinlari to`yni hunreziklardan oldin bo`lib o`tishni rejalashtirgandi. Biroq Myanma harbiylari ularning uylariga o`t qo`ygach, yoshlar jon saqlab qolish uchun Bangladeshga qochishga majbur bo`lishdi.
Ular qochoqlarga to`lib-toshgan lagerga kelgach, bu erdagi emin-erkin vaziyatda to`y qilishga qaror qilishdi. Shofiqa va Saddam bir necha oylik sarosonu sargardonliklardan so`ng va nihoyat oila qurish baxtiga muyassar bo`lishdi.












