Nigeriya prezidenti Muhammad Buxoriy AQSh prezidenti Donald Tramp taklifi bilan Oq uyga tashrif buyurdi, deb xabar berdi "info.islom.uz" nashri.
Mazkur uchrashuvning e`tiborli jihati shuki, janob Buxoriy Qora Afrika etakchilaridan birinchi bo`lib AQSh ga rasmiy tashrif bilan keldi.
Ikki tomonlama yig`ilish doirasida turli hil masalalar muhokama etilib, bir qator bayonotlar qilindi.
Xususan, Tramp Nigeriyadagi ommaviy qotilliklardan jabr chekayotgan nasoro jamoasi taqdiridan havotirda ekanligini bildirib, mamlakat rahbariyati bu borada ularni himoya qilish uchun barcha zarur chora-tadbirlarni ko`rishiga chaqirdi.






