AsosiyDunyo

Tayvanda yuz bergan yong`inda 5 nafar o`t o`chiruvchi halok bo`ldi

'Tayvanda yuz bergan yong`inda 5 nafar o`t o`chiruvchi halok bo`ldi'ning rasmi

Tayvanning Taoyuan shahrida joylashgan mikrosxemalar ishlab chiqarishkorxonasida yong`inyuz berdi deb xabar berdi Mir24.tv.

Hodisa oqibatida jami 7 kishi hayotdan ko`z yumgan.

Qurbonlarning 5 nafari o`t o`chirish xodimlaridir.Guruhning 7 nafar a`zosiichkarida bo`lgan vaqtda binoning ayrim qismlari qulashi oqibatida chiqish yo`li to`silib qolgan. Shundan so`ng, tashqaridagilar bilan aloqa uzilib qolgan.

Birozdan keyin esa ichkaridan ularning jasadlari olib chiqildi. 2 nafar o`t o`chirish xodimlari jarohat olib kasalxonaga olib ketilgan. Halok bo`lgan yana 2 kishi korxona ishchilaridir.

Yong`in binoning 4 qavatida maxalliy vaqt bilan 21:30 da kelib chiqqan. Yong`in boshlangan xonada kimyoviy moddalar saqlangan. 2000 kilogrammdan ortiq dizel yoqilg`isi esa kuchli portlashga olib kelgan.

Hozirda yong`inning kelib chiqish sabablari yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda. Halok bo`lgan ishchilarning har ikkalasi ham xorij fuqarolari ekanligi ma`lum bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar