AsosiyDunyo

O`qituvchi ayol konsert vaqtida maktab sahnasida vafot etdi (Video)

'O`qituvchi ayol konsert vaqtida maktab sahnasida vafot etdi (Video)'ning rasmi

Qozog`istonning Uralsk shahridagi maktablardan birida yuz bergan fojia videoga olindi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Boshlang`ich sinflar ilmiy mudiri Nadejda Petrovna bayram konserti vaqtida birinchi sinf o`quvchilarini sahnaga olib chiqqan. Oradan biroz o`tgach, 55 yoshli o`qituvchi ayol sahna ortida birdan polga yiqilgan.

Etti daqiqada etib kelgan tez yordam xodimlari pedagog ayolning o`limini qayd etishdi. Hamkasb o`qituvchilarning ma`lumot berishlaricha, o`qituvchi ayol doimo qon bosimining yuqori ekanligidan aziyat chekkan.


Boshqa yangiliklar