AsosiyJamiyat

“28 aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”

'“28 aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”'ning rasmi

Xalqaro mehnat tashkiloti tashabbusi bilan 2003 yildan buyon 28 aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni sifatida keng nishonlab kelinyapti.

Mazkur sana munosabati bilan dunyoning yuzdan ziyod mamlakatlarida, shu jumladan, O`zbekistonda ham ish joyida jarohatlanish hamda kasb kasalliklarining oldini olish, mehnat muhofazasi masalalariga e`tiborni yanada kuchaytirishga qaratilgan tadbirlar o`tkazilishi an`anaga aylandi.

O`zbekiston Kasaba uyushmalari Federasiyasi tomonidan har yili ushbu sanaga bag`ishlangan davra suhbatlari o`tkaziladi.

Tadbirlarda aholiga munosib mehnat sharoitlari yaratish, xodimlar ruhiyatiga salbiy ta`sir etuvchi omillar, ularni boshqarish usullari hamda bartaraf etish mexanizmlari, ishchi-xodimlarning ish jarayonida samarali faoliyat yuritishini ta`minlash borasidagi sa`y-harakatlarni takomillashtirishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Shuningdek, mehnat muhofazasi madaniyatini rivojlantirish, korxona va tashkilotlarda ushbu yo`nalishda olib borilayotgan ishlar sifati hamda samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasb kasalliklarining oldini olishda ijtimoiy sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari keng muhokama qilinmoqda.

Bu yo`nalishda O`zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to`g`risida”gi Qonuni yangi tahrirda qabul qilingani mehnat muhofazasi sohasida ish beruvchilar va xodimlar mas`uliyatini kuchaytirish, mehnatni muhofaza qilish xizmatlari faoliyatini takomillashtirishda dasturilamal bo`lmoqda.

    Boshqa yangiliklar