AsosiyJamiyat

Internetda tarqalgan 100 ming so`mlik banknot surati haqiqiy emas

'Internetda tarqalgan 100 ming so`mlik banknot surati haqiqiy emas'ning rasmi

Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi boshlig`i Majid Tohirov internet orqali keng tarqalayotgan 100 ming so`mlik banknota dizayni va suratlari bo`yicha rasmiy bayonot berdi, deb xabar berdi UzNews.

Majid Tohirov suratdagi banknot rasmiy emasligini aytib o`tdi.

«Bunday ma`lumot faqatgina markaziy bank rasmiy saytida e`lon qilinganidan keyingina, ma`lumotga rasmiy deb qarash mumkin», — deydi Tohirov.

Majid Tohirov aholi o`rtasida bunday mish-mishlarni tarqatadigan va qalbaki banknotalar suratlarini e`lon qiladigan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga nisbatan chora ko`rish markaziy bank vakolatiga kirmasligini ham ta`kidlab o`tgan.

    Boshqa yangiliklar