Ma`muriy-huduiy chegaralarni belgilash, er resurslarini xatlovdan o`tkazish hamda yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni o`tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarori (VMQ–299, 23.04.2018 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining matbuot xizmati ma`lum qildi.
Qaror bilan Ergeodezkadastr davlat qo`mitasining erdan foydalanish va uni muhofaza qilishni nazorat qilish bo`yicha davlat inspektorlariga tashkiliy-huquqiy shaklidan qat`iy nazar, erdan foydalanuvchilar tomonidan ularga ajratib berilgan erlardan foydalanish holatini muntazam monitoring qilib borish huquqi berildi.
Ma`muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash tartibi to`g`risidagi nizomga muvofiq ma`muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash quyidagi hujjatlar mavjud bo`lmaganda amalga oshiriladi:
chegarani tasdiqlovchi hujjat; chegaralarni yozuvli matni; chegara chizig`i aks ettirilgan kartografik materiallar.
Er resurslarini xatlovdan o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizomga asosan er resurslarini xatlovdan o`tkazish ishlari har 5 yilda bir marta o`tkazilib, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining hududlari har 5 yilda to`liq qamrab olinadi.
Mulkchilik shaklidan qat`iy nazar, barcha toifadagi erlar xatlovdan o`tkazilishi lozim.
Yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqot ishlarini o`tkazish tartibi to`g`risida nizomga muvofiq geobotanik tadqiqot ma`lumotlaridan qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan er maydonlarining normativ qiymatini aniqlash, farmasevtika sanoatida tabiiy shifobaxsh o`simliklardan foydalanish, davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish ichki er tuzish loyihalarini ishlab chiqish hamda erlardan oqilona, samarali foydalanishni tashkil qilishda foydalaniladi.
Yaylov va pichanzorlarning o`simliklar bilan qoplanganlik darajasini aniqlash bo`yicha geobotanik tadqiqotlar er fondlarining quyidagi toifalarida o`tkaziladi:
qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan erlarda; o`rmon fondi erlarida; sanoat, transport, mudofaa, aloqa va boshqa maqsadlarga mo`ljallangan erlarda; zahira erlarda; boshqa toifadagi yaylov erlarda.






