Qirg`izistonning O`sh shahrida “Imzo” O`zbekiston — Qirg`iziston qo`shma sanoat korxonasi ochilish marosimi bo`lib o`tdi.
“Jahon” AAning yozishicha, tadbirda O`sh shahar meri Aytmamat Kadirbaev metalloplastik oyna va eshiklar ishlab chiqariladigan mazkur qo`shma sanoat korxonasining ochilishi O`zbekiston hamda Qirg`iziston davlat rahbarlarining ikki mamlakat o`rtasidagi sanoat kooperasiyasini rivojlantirish va biznes muhitni mustahkamlash bo`yicha siyosiy irodasi hamda birgalikdagi sa`y-harakatlari sharofati bilan amalga oshdi.
— Hamkorlikka oid belgilangan dastur doirasida Qirg`iziston va O`zbekiston xalqlari manfaatlariga to`g`ri keladigan qo`shma korxonalarni ochish bo`yicha ishlar davom ettiriladi, — dedi u. — Oddiy odamlar juda xursand va Prezident Shavkat Mirziyoevning qo`shnilar bilan munosabati bo`yicha siyosati haqida katta umid bilan gapirmoqda. O`zbekiston hayotidagi barcha sohalar va o`zbek-qirg`iz aloqalarida so`nggi paytlarda ro`y berayotgan keng miqyosdagi o`zgarishlar qo`shma loyihalarni amalga oshirishga ham ijobiy ta`sir ko`rsatayapti.






