Argentinalik futbolchi bir metrlik masofadan ochiq darvozaga to`p kiritolmadi (Video)
“Boka Xuniors” futbol jamoasining argentinalik hujumchisi Vanchope Abila Braziliyaning “Palmeyras” jamoasiga qarshi kechayotgan matchda raqiblarning ochiq darvozasiga gol urolmadi, deya ma`lum qilmoqda News.day.az nashri.
Guruhdan chiqish uchrashuvining birinchi taymida Braziliya foydasiga hisob 1:0 edi. Shunda gol urishga qulay vaziyat tug`ilganda Abila bir metrlik masofadan ochiq darvozani ishg`ol etolmagani barchani hayratga soldi.
Ikkinchi taymda esa Braziliya jamosi hisobni 2:0ga etkazdi.






