Muhammad Yusuf bilan bir sinfda tahsil olganman. U yoshligidan ona tili va adabiyoti, tarix, matematika, biologiya fanlariga qiziquvchan bola edi. She`rlar yozib, bizni ham she`riyatga qiziqtirgan. 6-sinfni tugatganimizdayoq a`lo o`qiganligi uchun "Artek"da dam olib qaytdi. Esimda bor, u erda olgan taassurotlarini gapirib charchamas edi.
Tarix va biologiya fanlarini shu qadar yaxshi bilardiki, biror sabab bilan shu fan o`qituvchilari kelolmay qolsa, o`rniga bemalol dars o`tardi. Sportnisevar, futboljoni dili edi. Sinfimizda futbol jamoasiga bosh bo`lib, mashqlarni juda qattiq olib borardi. Shuning uchun bo`lsa kerak, bizning jamoa doim birinchi edi. U keyinchalik kurash va boks bilan ham shug`ullangan.
Hozir o`ylasam, do`stimiz Muhammadjonning sharofati bilan sinfdoshlar ham yaxshi o`qib, sport bilan shug`ullanib, ancha chiniqqan ekanmiz.
Uning yana bir xislati o`sha davrlardayoq o`tgan shoirlar ziyoratini boshlab yuborgandi. Bir kuni menga "Rossiyaga borib, Usmon Nosir otilgan joyni ziyorat qilib keldim", degan edi. Biz u davrda Usmon Nosirning kim ekanliginibilmasdik.
Muhammadjon kechiruvchan edi. Biror sabab bilan aytishib qolsak, doimobirinchi bo`lib kechirim so`rardi. Endi bilsam, kechiruvchanlik mo`minlikning asosiy belgisi ekan. Do`stimiz saxiy edilar. U hatto maktab bufetidan olganini ham xech qachon o`zi yolg`iz emagan. Bugun do`stimizni xotirlasak, bolalikdanoq xislatli ekanligini va buni biz kech anglaganimizni his etaman.
Jumaboy TURG`UNOV, Marhamat tumani






