Rossiya eksport markazi(REM) O`zbekiston hukumati bilan atom elektrostansiyasini qurishni moliyalashtirish uchun mablag` ajratish imkoniyatlarini muhokama qilayapti. Bu haqda REMning yurtimizdagi vakolatxonasi rahbari Dmitriy Proxorenko ma`lum qildi, deb yozadi O`zA.
“Mazkur masala muhokama etilmoqda. Bizning vazifa tovarlar va mahsulotlar, jumladan, yuqori texnologik eksportni qo`llab-quvvatlashdir. Bu hukumat tomonidan bizning oldimizga qo`yilgan ustuvor yo`nalishdir. Biz, albatta, o`zimiz orqali etarli darajada manfaatli va asosiy loyiha hisoblangan AES barpo etishni moliyalashtirish imkoniyatini ko`rib chiqamiz”, — dedi u “Expo-Russia Uzbekistan — 2018” I I xalqaro sanoat ko`rgazmasida.
Eslatib o`tamiz, yaqinda tashkil etilgan Qandim gazni qayta ishlash majmuasi ochilish marosimida mintaqadagi birinchi atom elektrostansiyasini bunyod etish bo`yicha O`zbekiston bilan Rossiya Federasiyasi o`rtasidagi bitim shu yil oxirigacha imzolanishi e`lon qilingan edi.






