AsosiySiyosat

Hokimlik yangi hokim haqida ma`lumot berdi

'Hokimlik yangi hokim haqida ma`lumot berdi'ning rasmi

Bugun, 26 aprel Toshkent shahar hokimligida bosh vazir ishtirokida navbatdan tashqari 35-sessiyada, Toshkent shahar hokimi lavozimiga Artikxodjaev Jaxongir Abidovichning nomzodi ko`rsatildi.

Deputatlar ushbu nomzodni bir ovozda tasdiqlashdi. Artikxodjaev Jaxongir Abidovich Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabariga ko`ra, Artikxodjaev Jaxongir Abidovich 1975 yil 2 yanvarda Toshkent shahrida tug`ilgan. Millati o`zbek. 1991-1996 yy. Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetida tahsil olgan. Mutaxassisligi iqtisodchi. 2015 yil “Do`stlik” ordeni bilan mukofotlangan. Toshkent shahri “Artel Injiniring” mas`uliyati cheklangan jamiyati direktori lavozimida ishlab kelgan.

    Boshqa yangiliklar