AsosiyJamiyat

General-polkovnik Zokirjon Almatov Buxoro viloyatiga bordi

'General-polkovnik Zokirjon Almatov Buxoro viloyatiga bordi'ning rasmi

23 aprel kuni O`zbekiston Ichki ishlar vaziri maslahatchisi, general-polkovnik Zokirjon Almatov boshchiligidagi ishchi guruh vakillari Buxoro viloyatiga tashrif buyurib, IIB xodimlari va keng jamoatchilik vakillari bilan uchrashdi, deb xabar berdi Buxoro viloyati hokimligi matbuot-xizmati.

Ta`kidlanishicha, Buxoroda o`tgan yig`ilishda viloyat hokimi O`ktam Barnoev so`zga chiqqan va O`zbekiston Respublikasining sobiq ichki ishlar vaziri general-polkovnik Zokirjon Almatovning mehnat faoliyati juda murakkab davrlarga to`g`ri kelganiga qaramay, o`z kasbining kasbining fidoyisi bunday tahlikali davrda metindek iroda, mardlik, jasurlik ko`rsatib O`zbekistonni og`ir davrdan olib chiqqani hamda bugungi tinchlikning sababchilaridan biri ekanligini alohida e`tirof etgan.

Shundan so`ng general-polkovnik Zokirjon Almatov o`zining xotiralari va O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan olib borilayotgan xalqni rozi qilish siyosatining ahamiyati haqida alohida to`xtalib, viloyatdagi mahalla oqsoqollariga bu ezgu siyosatning maqsadini har bir xonadonga etkazish, unib o`sayotgan har bir yoshni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash lozimligini ta`kidlagan.

Almatov boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro viloyatida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar osoyishtaligini ta`minlash va jamoat tartibini saqlash yo`nalishida olib borilayotgan ishlarni tahlil qilgan.

Eslatib o`tamiz, 1991-2005 yillarda Ichki ishlar vaziri lavozimida ishlab, bir qancha xodimlarga ustozlik qilib, nafaqaga kuzatilgan general-polkovnik Zokirjon Almatov joriy yil O`zbekiston prezidenti qaroriga ko`ra, O`zbekiston IIV rahbari maslahatchisi lavozimiga qaytarilgan edi.

    Boshqa yangiliklar