AsosiyJamiyat

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga pul mukofotlarini topshirish marosimlari bo`lib o`tmoqda

'Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga pul mukofotlarini topshirish marosimlari bo`lib o`tmoqda'ning rasmi

Farg`ona viloyatida 9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda fashizm ustidan qozonilgan g`alabaning 73 yilligi munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga pul mukofotlarini tantanali topshirish marosimlari bo`lib o`tmoqda. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Ana shunday tadbirlardan biri Farg`ona shahrining Amir Temur nomidagi mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Urmus Bekirova xonadonida bo`lib o`tdi. Viloyat hokimi Shuhrat G`aniev Prezidentimiz sovg`asi – 5 million so`m pul mukofoti, viloyat hokimligining esdalik sovg`alarini tantanali ravishda topshirdi. Onaxonning bunday e`tibordan boshi ko`kka etdi.

6-faqat saytga.JPG

– Prezidentimiz tomonidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga ko`rsatilayotgan g`amxo`rlikdan ko`nglimiz tog`dek ko`tariladi, – deydi urush va mehnat faxriysi U.Bekirova. – Urush yillarining qiyinchiliklarini eslaganimda, bugungi tinch-osoyishta va farovon o`tayotgan har bir kunimiz uchun shukronalar aytaman. Turli uchrashuvlarda yoshlarga o`tmish xotiralarim, hayot tajribam haqida so`zlab, bugungi dorilomon kunlarning qadriga etishni, yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishni nasihat qilaman.

5.JPG

Ha, onaxonning bolalik yillari ayni urush davriga to`g`ri keldi. Oilasi bilan asir olinib, konslagerga jo`natildi. U erdagi azob-uqubatlar haqida gapirish juda og`ir. U.Bekirova urushdan keyin uzoq yillar savdo sohasida mehnat qildi. Bir o`g`il, uch qizni voyaga etkazdi. Bugun farzandu nabiralar va el-yurt ardog`ida, davlatimiz g`amxo`rligida e`zozu ehtiromda hayot kechirmoqda.

    Boshqa yangiliklar