AsosiyJamiyat

O`zbekistonda endi "Hadislar bilimdoni" tanlovi o`tkaziladi

'O`zbekistonda endi "Hadislar bilimdoni" tanlovi o`tkaziladi'ning rasmi

O`zbekistonda joriy yilning may oyi davomida "Hadislar bilimdoni" ko`rik-tanlovi o`tkaziladi. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, tanlov O`zbekiston musulmonlari idorasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, O`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim markazi, Xalq ta`limi vazirligi, O`zbekiston Yoshlar ittifoqi, Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi bilan hamkorlikda o`tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo`lgan fuqarolar 2018 yilning 26 aprel kuniga qadar O`zbekiston musulmonlari idorasining Qoraqalpog`iston Respublikasi qoziyoti, Toshkent shahri va viloyatlar vakilliklarida ro`yxatga olinadi.

Tanlovning birinchi bosqichi 2018 yilning 1-5 may kunlari davomida viloyatlar kesimida o`tkaziladi.

Tanlovda diniy ta`lim muassasalari talabalari, yosh imom-xatiblar hamda hadis ilmiga qiziqishi bo`lgan kamida 40 ta hadisni (arabcha matni bilan) yoddan bilgan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.Tanlov uchta shartdan iborat:

– Imom Buxoriy va Imom Termiziyning hayoti va ilmiy faoliyatini yoritib berish;

– Berilgan hadisni sharhlab berish (hadisni tarjima qilish va undan olinadigan foydalarini bayon qilish);

– Hadisni arab tilidagi matnini roviylari bilan yoddan aytib (berilgan boblar bo`yicha bittadan hadis aytish) berish.

Tanlovning Respublika bosqichini o`tkazish vaqti qo`shimcha e`lon qilinadi.

    Boshqa yangiliklar