AsosiySport

Toshkent yana bir nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladi

'Toshkent yana bir nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladi'ning rasmi

Xitoy poytaxti Pekin shahrida sinxron suzish bo`yicha jahon seriyasi bahslarining ikkinchi bosqichi yakunlandi. Bu haqda Milliy olimpiya qo`mitasi xabar tarqatdi.

Unda ishtirok etgan terma jamoamiz a`zolari oltin va bronza medallarini qo`lga kiritishdi.

Jumladan, hamyurtimiz Xonzoda Toshxo`jaeva solo bo`yicha erkin chiqish yakunlariga ko`ra oltin medalga egalik qildi.

Jamoaviy bahslarda qizlarimiz erkin chiqishda bronza, «Highlight» doirasida birinchi o`rinni qo`la kiritdilar. Jamoaviy bahslarda yurtimiz sharafini Xonzoda Toshxo`jaeva, Anastasiya Ro`zmetova, Gulsanam Yuldasheva, Hurshida Hakimova, Alina Salieva, Anastasiya Morozeva, Anna Eltisheva, Mohira To`lqinova, Nozima To`lqinova, Nafisa Shomirzaeva va Nigora Shomansurovalar himoya qilishdi.

FINA jahon seriyasi 10ta bosqichdan iborat bo`lib, ularning kamida to`rttasida ishtirok etish shart. To`plangan ochkolarga qarab, mamlakatlar reytingda o`rin egallaydilar. O`tgan yili O`zbekiston terma jamoasi dunyo reytingida uchinchi o`rinni egallagandi.

Shu yilning 29 iyun — 1 iyul kunlari Toshkent shahri ushbu jahon seriyasining so`nggi bosqichiga mezbonlik qiladi.

Endi sportchilarimiz 27 — 30 aprel kunlari Yaponiyada, 15 — 17 iyun kunlari Gresiyada bo`lib o`tadigan va albatta poytaxtimiz mezbonlik qiladigan musobaqada ishtirok etadilar.

Ushbu musobaqalarda yig`ilgan reyting ballariga ko`ra, kuchli uchlikka kirgan mamlakat sportchilari Xalqaro suzish federasiyasi (FINA)ning mukofotlari bilan taqdirlanadi.

    Boshqa yangiliklar