O`rgimchak-odamning azaliy raqibi bo`lmish Venom haqidagi filmning rasmiy treyleri Internet tarmog`ida e`lon qilindi, deya xabar bermoqda Kinonews.ru nashri.
Dunyo katta ekranlariga joriy yilning oktyabr oyida chiqariladigan “Venom” superqahramonlik filmida bosh rolni “Ibtido”, “Bronson”, “Jangchi”, “Telba Maks. G`azab so`qmog`i” kabi filmlardagi presonajalri bilan kinoixlosmandlar ko`nglidan joy olgan aktyor Tom Xardi ijro etadi.
Venom – O`rgimchak-odam olamidagi eng ashaddiy aksilqahramondir. Bu safar simbiot jurnalist Eddi Brokning jismiga joylashadi. Shundan so`ng qahramonimiz qo`sh hayot kechira boshlaydi. Xo`sh, u uy ichidagi iblisni enga olarmikin?






