AsosiyDunyo

“Birovga choh qazima”: Xitoyda maymun o`ziga ozor bergan turistdan alamini oldi (Video)

'“Birovga choh qazima”: Xitoyda maymun o`ziga ozor bergan turistdan alamini oldi (Video)'ning rasmi

Xitoyda suvga itarib yuborilgan maymun turistdan o`z o`chini oldi, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.

Voqea Fuszyan provinsiyasidagi ibodatxonaga yuz bergan. Bir turist yigit ko`prik tutqichida o`tirgan makakaga pisib yaqinlashib, uni hovuzga itarib yuboradi. Jonivor pastga tushib ketadi, ammo-lekin zumda qaytib chiqib, dilozorni quvlaydi.

Maymundan qochgan yigit ibodatxonaga ichiga kirib ketadi, biroq makakani bu to`xtatib qololmaydi. Ustiga ustak, quvloqqa yana bir primat qo`shiladi.

Oqibatda makakalar jafokashning yuzi va qo`llarini tilib olishadi.


Boshqa yangiliklar