AsosiyDunyo

Torontoda odamlar ustiga mikroavtobus haydagan shaxs MDHlik bo`lib chiqdi

'Torontoda odamlar ustiga mikroavtobus haydagan shaxs MDHlik bo`lib chiqdi'ning rasmi

Torontoda piyodalar ustiga mashina haydagan shaxsning ismi sharifi e`lon qilindi. U 25 yoshli Alek Minassyan bo`lib chiqdi deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Kecha 23 aprel kuni mikroavtobus piyodalar ustiga chiqib ketishi oqibatida 10 kishi qurbon bo`lgan, 16 kishi jarohatlangan edi. Ushbu voqea odam gavjum chorrahada mahalliy vaqt bilan sota 13:30da sodir bo`ldi.

Ushbu jinoyat ataylab amalga oshirilgani ma`lum bo`lsada, polisiya hozircha buni terakt deb atagani yo`q. Jinoyatchi voqea joyidan g`oyib bo`lgan, lekin keyinchalik polisiya tomonidan qo`lga olingan.

Kelib chiqishi MDH mamlakatlaridan biri bo`lgan Minasyanning fuqaroligi ham hozircha e`lon qilingani yo`q. Faqat u Torontoda maktabni bitirgani ma`lum. Ushbu jinoyatni amalga oshirishi sabablari ham ma`lum emas.

    Boshqa yangiliklar