Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQSh davlatiga rasmiy tashrifi bilan keldi, deb xabar bermoqda ria.ru nashri.
Makronning ushbu tashrifi AQSh va Fransiya munosabatlarining 250 yilligiga bag`ishlangan.
Fransiya rahbarining samolyoti Vashington yaqinidagi Endryus harbiy-havo bazasiga qo`ngan. Oliy martabali mehmonni AQSh prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasi Melaniya Tramp kutib oldi.
Davlat tashrifi doirasida bir qator marosimlar o`tkazilishi ko`zda tutilgan. Ertaga, chorshanba kuni Fransiya prezidenti AQSh kongressida nutq so`zlaydi.
Shuningdek, Melaniya Tramp Emmanuel Makron va uning turmush o`rtog`i sharafiga Vernon tog`idagi Jorj Vashingtonning uyida kechki bayramona dasturxonini tashkillashtirdi.
Bu Donald Trampning ilk bora Fransiya prezidentini qabul qilishidir.







