O`zbekiston avtomobil yo`llarida 16-22 aprel kunlari jami 150 yo`l-transport hodisasi sodir etilib, oqibatda 131 fuqaroga turli darajadagi tan jarohati etgan.
O`tgan hafta davomida yo`l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan jami 91 ming 465 qoidabuzarlik aniqlangan. Ularning 44 mingdan ziyodi qo`pol qoidabuzarliklar toifasiga kiradi. Bu haqda Respublika Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining matbuot xizmati O`zAga ma`lum qildi.
Xabarda 1 ming 892 haydovchi transport vositasini mast holda boshqargani, 13 ming 897 holatda belgilangan tezlik talabi buzilgani, 1 ming 123 haydovchi esa svetofor va chorrahalardan o`tish qoidasiga amal qilmagani keltirilgan.
Shuningdek, transport vositasining oynalarini me`yoridan ortiqcha qoraytirgan 262, odam tashish qoidasi buzgan 12 ming 168, harakat vaqtida telefondan foydalangan 806 va xavfsizlik kamarini taqmasdan harakatlangan 17 ming 830 nafar haydovchiga nisbatan ham ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli choralar ko`rilgan.
24.04.2018 14:32
YPX inspketorlari harakat vaqtida telefondan foydalangan haydovchilarga jiddiy chora ko`rmoqda






