Davlatimiz metall fondini tashkil etuvchi rangli metall parchalari va chiqindilarini Respublikamizda saqlab qolish, uni tashqariga olib chiqib ketilishiga yo`l qo`ymaslik, ulardan oqilona foydalanish va mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida “Rangli metal kuni” tadbirlari o`tkazilmoqda. Bu haqda “O`zikkilamchiranglimetall” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 oktyabridagi “Rangli metall parchalari va chiqindilarini to`plash, topshirish hamda qayta ishlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qaroriga asosan tashkil etilayotgan mazkur tadbir respublikasizning barcha hududlarida mulkchilik shaklidan qat`i nazar xo`jalik yurituvchi sub`ektlarni va aholini jalb qilgan holda tashkil etilmoqda.
“O`zikkilamchiranglimetall” AJ hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan tadbir rangli metall parcha va chiqindilarini hosil bo`lishi, saqlanishi, ehtiyotlanishi, noqonuniy muomalaga kiritilishini oldini olishga xizmat qiladi.
Mazkur aksiya doirasida mahalliy xokimliklar bilan hamkorlikda mobil shahobchalar tashkil etilib, aholiga uyidagi chikindilarni topshirishlari uchun imkoniyat yaratiladi. Aksiyada aholi o`zida mavjud metall chiqindilarini naqd pulga topshirish imkoniyati mavjud.
Rangli metall kuni tadbirlari joriy yilning 14 iyuniga qadar respublikamizning barcha hududlarida bo`lib o`tadi.
Ma`lumot uchun: 10 aprel kuni start olgan mazkur tadbirda bugungi kunga qadar 82,5 tonna metall parchalari va chiqindilari yig`ildi.






