«O`zbekkonsert» davlat muassasasi qoshida qo`shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy kengashining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu haqda muasassasa matbuot xizmati ma`lum qildi.
Kengashda beshta xonandaning qo`shiqlariga tasvirga olgan videokliplari ko`rib chiqildi. Ulardan Elmurod Sobirjonovning «Sevdim», Behruz Toxirovning «Keling dema», Sardor Bekmurodovning «Bolaga kitob bering» deb nomlangan qo`shiqlarga tasvirga olingan videokliplarni OAV orqali efirga uzatishga tavsiya berildi.
Farhod Saidovning «Jimir-jimir» hamda Sitora Farmonovaning «Chamanda gul» deb nomlangan qo`shiqlarining matni saviyasi past bo`lganligi bois, kengash a`zolari tomonidan qattiq tanqid ostiga olinib, rad etildi.







