AsosiyDunyo

Timsoh akasining ko`z o`ngida 14 yoshli o`quvchiga hamla qildi

'Timsoh akasining ko`z o`ngida 14 yoshli o`quvchiga hamla qildi'ning rasmi

Hindistonning Odisha (Orissa) shtatida timsoh 14 yoshli o`quvchiga hamla qildi, deb xabar bermoqda "The New Indian Express" nashri.

Bola akasi bilan Bxitarkanika bog`i yaqinida joylashgan ko`lda cho`milayotganda sudralib yuruvchi unga tashlandi va uni suv tubiga tortib ketdi.

Voqea guvohlari yordam berishga shoshildilar, lekin hech qanday yordam ko`rsata olmadilar.

Tezkor qo`tqaruv guruhining ham zudlik bilan voqea joyiga etib kelishi natija bermadi. Bolaning jasad qoldiqlari topilmadi.

Mahalliy aholi ushbu hududda har yili bunday holat kuzatilishini va 6-10 nafar inson qurbon bo`layotganini aytib o`tdi. Shuningdek, bunday noxush voqealar ro`y berishida ular hukumatni ayblashdi. Chunki bugunga qadar qirg`oqda panjara-to`siqlar o`rnatilmadi.

Tekshiruv ishlari tugagandan keyin halok bo`lgan bolaning oilasiga 300 ming rupiy miqdorida tovon to`lanadi.

    Boshqa yangiliklar