AsosiyJamiyat

Bir haftadan keyin yo`qolgan bolaning jasadi kanaldan topildi

'Bir haftadan keyin yo`qolgan bolaning jasadi kanaldan topildi'ning rasmi

14 aprel kuni 6 yoshli Alisherov Abdulloh Olimxon o`g`li qidirilayotgani haqida xabar bergan edik.

Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida bolaning jasadi Uchtepa tumanidan oqib o`tuvchi Qoraqamish kanalidan topilgan.

"2018 yilning 14 aprel kuni bedarak yo`qolgan 2012 yil 19 sentyabrda tug`ilgan Alisherov Abdulloh Olimjon o`g`li o`zi yashagan uyga yaqin joydan oqib o`tuvchi kanaldan topildi va bugun Abdullohga janoza o`qilib, so`nggi manzilga kuzatildi", - deyilgan O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi yuergan xabarda.

Abdullohning yaqinlari uni topishda yordamlarini ayamagan va ularning dardiga sherik bo`lganlarga minnatdorchilik bildiradilar.

    Boshqa yangiliklar