AsosiySport

Avtokross bo`yicha O`zbekiston kubogi o`tkazildi

'Avtokross bo`yicha O`zbekiston kubogi o`tkazildi'ning rasmi

Jizzaxda avtokross bo`yicha O`zbekiston kubogining ikkinchi bosqichining final musobaqasi yakunlandi, deb xabar bermoqda O`zA.

Unda Namangan, Farg`ona, Andijon, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlari hamda Toshkent shahridan 13 ta klub vakillari g`oliblik uchun o`zaro raqobatlashdi.

Dvigitel hajmi 1400 kub bo`lgan «A-7» sinfdagi sport avtomobillarida ikkita bosqich yakunlariga ko`ra jizzaxlik Sarvar Tojiqulov 25 ochko to`plab birinchi o`rinni qo`lga kiritdi. Toshkent shahri vakili Farhod Daminov 22 ochko bilan ikkinchi o`ringa ko`tarildi. Uchinchi o`rin esa O`tkir Narziqulovga nasib etdi.

Shuningdek, O`zbekiston kubogida «NU» sinfidagi (dvigitel hajmi 1400 kub) sport avtomobillari poygasida Odilov Bekzod (Jizzax), Obidjonov Suhbat (Samarqand), Gaziyans Igor (Toshkent sh) hech kim eta olmadi.

«Baggi» (dvigitel hajmi 1600 kub) rusumidagi sport avtomobillaridagi bahslarda Odilov G`ayrat (Jizzax), Qobilov Ravshan (Toshkent sh), Simkov Dmitriy (Toshkent sh) shohsupaga ko`tarildi.

A-8 sinfidagi (dvigitel hajmi 1600 kub) sport avtomobillarida Axrorqulov Furqat (Jizzax v), Soatov Umid (Jizzax), Saev Nikolay (Toshkent sh) sovrinli o`rinlarni qo`lagi kiritdi.

photo_2018-04-23_17-44-08.jpg

    Boshqa yangiliklar