Shahrisabz shahrida kurash bo`yicha xalqaro turnir o`tkazildi.
Ettinchi bor o`tkazilayotgan turnirda ishtirok etish uchun dunyoning 29 davlatidan polvonlar tashrif buyurdilar. Musobaqaning mutlaq vazn toifasida o`tgan final bellashuvida turnirning bosh sovrini — 10 ming AQSh dollari mukofoti va oltin medal — Qashqadaryo polvoni Sherali Jo`raevga nasib etdi.
Eronlik Jafar Pahlavoniy ikkinchi, qashqadaryolik Ilhom Jo`raev va mo`g`ulistonlik Anar Dorch uchinchi o`rinlarni egalladi.






