AsosiyJamiyat

Samarqandda yosh hunarmandlar festivali o`tkaziladi

'Samarqandda yosh hunarmandlar festivali o`tkaziladi'ning rasmi

Shu yil 25 aprel kuni Samarqand shahridagi «Hunarmandlar markazi»da O`zbekiston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan «Amaliy san`at – istiqbolli yoshlar qo`lida» nomli yosh hunarmandlar mahsulotlari ko`rgazma tanlovining respublika bosqichi bo`lib o`tadi, deb xabar bremoqda «Zarafshon» nashri.

Unda Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan yosh hunarmandlar o`zlari tayyorlagan bejirim hunarmandchilik mahsulotlari bilan qatnashadi va o`zaro bellashadi.

    Boshqa yangiliklar