21 aprel ertalab 07:40 da Qozog`istonning Korday tumani hududidan o`tuvchi «G`arbiy Evropa - G`arbiy Xitoy» avtomobil yo`lining 205 kilometrida “Olmaota-Chimkent” yo`nalishida harakatlanayotgan «Mersedes Sprinter» mikroavtobusi to`kilgan tosh uyumiga urilib halokatga uchragan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mikroavtobusda 19 kishi bo`lib, ularning 17 nafari O`zbekiston, 2 nafari Qozog`iston fuqarolari bo`lishgan.
Yo`l-transport hodisasi natijasida 3 kishi halok bo`lgan va 8 kishi shifoxonaga yotqizilgan.
Birlamchi ma`lumotlarga asosan, halok bo`lganlarning ikki nafari O`zbekiston Respublikasi fuqarolari va bir nafari Qozog`iston Respublikasi fuqarosi. Jabrlanganlarning etti nafari O`zbekiston fuqarolari.
Jabrlanganlar Jambul viloyatining Korday markaziy shifoxonasiga joylashtirilgan.
YTH natijasida halok bo`lganlar:
Madatov Sh., 1977 y.t.
Teshabuev A., 1971 y.t.
Jabrlanganlar:
Jamalov I., 1971 y.t.
Hakimov A., 1969 y.t.
Kalmurzaev B., 1994 y.t.
Husanov E., 1986 y.t.
Davronov X., 1976 y.t.
Madatov A., 1968 y.t.
Madatov D., 1981 y.t.
Qozog`iston Respublikasi Jambul oblasti Korday tumanida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida “Tezkor raqam” ochildi.
(+998 71) 147-10-50






