AsosiySiyosat

O`zbekiston va Turkmaniston Prezidentlarining muzokaralari boshlandi

'O`zbekiston va Turkmaniston Prezidentlarining muzokaralari boshlandi'ning rasmi

Ko`ksaroy qarorgohida Turkmaniston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo`ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shundan so`ng davlat rahbarlari yakkama-yakka uchrashuv o`tkazdi. Prezident Shavkat Mirziyoev Gurbanguli Berdimuhamedovni yurtimizga tashrifi bilan qutladi.

Muloqotda O`zbekiston va Turkmaniston o`rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatiga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Muzokaralar yakuni bo`yicha davlat rahbarlarining Qo`shma bayonoti qabul qilinishi, turli sohalardagi aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan ko`plab hujjatlar imzolanishi mo`ljallangan.

Prezidentlar Toshkent shahridagi Ashxobod sayilgohining ochilish marosimida ishtirok etishi, 24 aprel kuni Xorazm viloyatiga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar