AsosiyJamiyat

GM Uzbekistan: «Chevrolet Orlando» rusumli avtomobilini ishlab chiqarish to`xtatildi

'GM Uzbekistan: «Chevrolet Orlando» rusumli avtomobilini ishlab chiqarish to`xtatildi'ning rasmi

«Chevrolet Orlando» rusumli avtomobil sotib olish bo`yicha kelayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, ushbu rusumdagi avtomobillarni GM Uzbekistan AJ tomonidan ishlab chiqarilishi joriy yil 16 aprelidan to`xtatilganini ma`lum qiladi.

Avvalroq xabar qilinganidek, «Chevrolet Orlando» avtomobillarini harid qilish to`g`risidagi arizalarni ro`yhatdan o`tkazish 2017 yil noyabr oyidan to`xtatilgan edi.

"GM Uzbekistan AJ "Chevrolet Orlando" rusumidagi avtomobillarga tuzilgan shartnomalar bo`yicha iste`molchilar oldida o`zining majburiyatlarini o`z vaqtida bajarilishini hamda shartnoma shartlarida belgilangan muddatlarda avtomobilni to`liq etkazib berilishini ta`minlaydi", - deyilgan xabarnomada.

    Boshqa yangiliklar