Adliya vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda vazirlikning matbuot xizmati xabar berdi.
Adliya vazirining tegishli buyruqlari bilan:
Adxam Muratovich Turdiev – Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo`llash amaliyotini o`rganish boshqarmasi boshlig`i lavozimiga;
Umarov Dilmurat Abdialimovich – Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o`tkazish boshqarmasi boshlig`i lavozimiga;
Islambek Rustambekovich Rustambekov – O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O`zbekiston Respublikasining manfaatlarini huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig`i vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlandi.
Bundan tashqari, o`tkazilgan tanlovlardan muvaffaqiyatli o`tgan 72 nafar shaxs yangi tashkil etilgan tuman (shahar) adliya bo`limlari boshliqlari etib tayinlandi.






