Marhum pop-musiqa qiroli Maykl Jekson o`zining mashhur “oy yurishi” (“lunnaya poxodka”)ni ilk bor ijro etgan tuflilar kimoshdi savdosida sotiladi, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.
Kimoshdi savdosi 26 may kuni Kaliforniyada bo`lib o`tadi.
Ma`lum bo`lishicha, ushbu qora teridan tikilgan tuflida Maykl Jekson ilk bor Billie Jean (Motown 25 dasturi) repetisiyasida “oy yurishi”ni ijro etgan.
Ushbu tuflilarni Maykl Jekson o`zining mashhur xoreografi Lester Vilsonga sovg`a qilgan ekan. Tuflilarning boshlang`ich narxi 5 ming dollar.






