Kelinning guldastasini qo`lga kiritmoqchi bo`lgan qiz xuddi basketbolchilardek sakradi, deya yozmoqda Ren.tv nashri.
Kadrlarda kelinning guldastasini ilib olgan qizning harakatlarini ko`rish mumkin. Guldastani ilib olish maqsadida oyog`ini qo`lga olib yugurgan qiz basketbolchilardek sakradi – oyog`idagi o`ta ingichka poshnali tuflisi bunga noqulaylik tug`dirmadi. Oxir-oqibat, qiz chalqanchasiga yiqildi, ammo guldastani qo`lga kiritdi.






