“O`zbekiston temir yo`llari” meva-sabzavotlar tashishga chegirmalar e`lon qildi. Bu haqida kompaniyaning rasmiy sahifasida xabar berilgan.
Chegirmalar quyidagi holatlarda beriladi:
- O`zbekiston hududida yangi etishtirilgan ho`l meva va sabzavotlar, qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksport yo`nalishida tashilganida 50 foizlik chegirma qo`llash tartibi o`rnatilgan.
- Qo`shni Qozog`iston hududi orqali O`zbekistonda yangi etishtirilgan ho`l meva va sabzavotlar, kartoshka va tovuq go`shti olib o`tish uchun tranzit tashuvlarida 50 foiz chegirma qo`llanilishi tartibi o`rnatilgan.
- Rossiya Federasiyasi hududiga yangi etishtirilgan ho`l meva va sabzavotlar refrijerator vagonlarda olib kirilganda, Rossiya davlati tomonidan 50 foizlik chegirma qo`llaniladi.
Qo`shimcha ma`lumotlar va ularning shartlari haqida batafsil “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati “O`ztemiryo`lekspedisiya” orqali olish mumkin.






