AsosiyShou-biznes

“SCORPION”​! Jarayon Marokashda davom etmoqda...

'“SCORPION”​! Jarayon Marokashda davom etmoqda...'ning rasmi

Xabaringiz bor, “SCORPION” filmining suratga olish ishlari qizg`in davom etmoqda...

Ayni kunlarda ijodiy guruh Marokashda ishlashmoqda.




Eslatib o`tamiz, “SCORPION”da bugungi kunning dolzarb muammosi – xalqaro jinoyatchilik mavzusiga yoshlar nigohi bilan qaraladi.

Filmda kino sohasiga aloqador bo`lmagan birorta mutaxassis faoliyat olib bormayapti. Yurtimiz kinematografiyasida etishmayotgan mutaxassislar xorijiy mamlakatlardan taklif etildi.

Shuningdek, kartinaning suratga olish maydonida aktyorlar ovozi “toza” holda yozilmoqda, ya`ni bugungi filmlardan farqli o`laroq u qayta ovozlashtirilmaydi. Bu esa aktyorlardan ham o`z ishiga o`ta jiddiy yondashish, qahramonining har bir so`zini tamomila yodlash, his qilishni talab etmoqda.

Rossiyadan loyiha uchun yurtimizga maxsus tashrif buyurgan mutaxassislar film kadrlarini suratga olish maydonining o`zida xomaki montaj qilib borishyapti.

Film ijodiy va texnik jamoasini — O`zbekiston, Rossiya, AQSh va Germaniya mutaxassislari tashkil etadi.

Loyihaning katta shov-shuvga sabab bo`lgan voqeasi sifatida unda turkiyalik mashhur aktyor Murat Yildirim (o`zbek tomoshabinlariga “Osiyo” serialidagi Demir roli bilan yaxshi tanish)ning ishtirokini qayd etish mumkin.

“SCORPION”da Murat Yildirim suratga tushadigan sahnalar Buxoro viloyatida suratga olindi.


    Boshqa yangiliklar