AsosiyJamiyat

Qur`on musobaqaning respublika bosqichi boshlandi

'Qur`on musobaqaning respublika bosqichi boshlandi'ning rasmi

Qur`oni karim musobaqalarining respublika bosqichi 26-27 aprel kunlari o`tkaziladi, deb xabar bermoqda O`zA.

Musobaqaning erkaklar o`rtasidagi bellashuvlari 21-22-23 va 24 aprel kunlari, ayollar o`rtasidagi musobaqalar 25-26 aprel kunlari Toshkent shahri, Talabalar shaharchasidagi O`zbekiston Yoshlar ittifoqiga qarashli «Yoshlar markazi»da bo`lib o`tadi.

Musobaqa jarayonini onlayn namoyish etish uchun quyidagi manzillarda katta hajmdagi monitorlar o`rnatiladi:

1. Nukus shahridagi «Imom Eshon Muhammad» jome masjidi

2. Andijon shahridagi «Devonaboy»
3. Kogon tumanidagi «Bahouddin Naqshband» yodgorlik majmuasi
4. Zomin tumanidagi «Ma`rifatli»
5. Navoiy shahridagi «Alisher Navoiy»
6. Namangan shahridagi «Yoshlar markazi” binosi
7. Samarqand tumanidagi «Imom A`zam»
8. Guliston shahridagi «Guliston»
9. Termiz shahridagi «Murch bobo»
10. Qarshi shahridagi «Ko`kgumbaz»
11. Zangiota tumanidagi «Zangiota»
12. Farg`ona shahridagi «Ummul quro»
13. Urganch shahridagi «Oxund bobo»
14. Toshkent shahrida to`rt joyda tashkil etiladi.
14.1. Shayxontohur tumanidagi «Shayx Zayniddin»
14.2. Yunusobod tumanidagi «Minor»
14.3. Olmazor tumanidagi «Hazrati Imom»
14.4. Chilonzor tumanidagi «Navro`z» davlat qabullar uyi

Onlayn uzatish 9:00 dan 18:00 ga qadar davom etishi belgilangan.

Ayni daqiqalarda Sirdaryo viloyati sharafini himoya qilayotgan qori Odil Do`stmatov Qur`oni karimdan tilovat qilmoqda, www.youtube.com manzil orqali to`ridan-to`g`ri tomosha qilishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar