AsosiyJamiyat

Toshkentning talabalar shaharchasida deputatlar tomonidan bir qator kamchiliklar aniqlandi

'Toshkentning talabalar shaharchasida deputatlar tomonidan bir qator kamchiliklar aniqlandi'ning rasmi

Parlament quyi palatasining Yoshlar masalalari bo`yicha komissiyasi tomonidan «Yoshlik» talabalar shaharchasi faoliyatini o`rganish jarayonida deputatlar tomonidan bir qator kamchiliklar aniqlandi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Xabarda qayd etilishicha, talabalar shaharchasidagi oliy ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning ko`pchiligi turar joyga muhtoj. Shaharchadagi turar joylar 6782 o`ringa mo`ljallangani bois, 12098 nafar talaba shu hududdagi mahallalarda ijara asosida yashab kelmoqda.

Bu esa aholi xonadonlarida ijarada yashayotgan talabalarni vaqtincha ro`yxatga qo`yish, talabalarning xonadon egasi bilan ijara shartnomasi tuzishi majburiyligi uchun, aksariyat hollarda turar joyga ehtiyoji bor talabalarning aholi xonadonlari bilan ijara shartnomasi tuzishda qiyinchiliklar vujudga kelib, ro`yxatga turish bilan bog`liq turli qoidabuzarliklarning kelib chiqishiga sabab bo`lmoqda.

Shuningdek, ishchi guruh tomonidan shaharcha hududidagi ta`lim muassasalarida turar joyga muhtoj oilali talabalar tahsil olayotgan bo`lsa-da, ular uchun maxsus turar joylar mavjud emasligi aniqlandi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib komissiya talabalar shaharchasi hududidagi oliy ta`lim muaasasalarida tahsil olayotgan talabalarning turar joyga bo`lgan ehtiyojiga mos ravishda qo`shimcha turar joy binolarini qurish masalasini ko`rib chiqish, shaharcha hududidagi ta`lim muassasalarida turar joyga muhtoj oilali talabalar uchun maxsus turar joylar tashkil etish, bo`sh va qarovsiz bino va inshootlardan samarali foydalanish choralarini ko`rish taklifini ilgari surdi.

    Boshqa yangiliklar