AsosiyJamiyat

Sirdaryolik yoshlarga Prezident sovg`asi – bibliobus topshirildi

'Sirdaryolik yoshlarga Prezident sovg`asi – bibliobus topshirildi'ning rasmi

O`zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati kengashiga Prezidentimiz sovg`asi – bibliobus, ya`ni kutubxona shaklidagi maxsus avtotransport vositasi kaliti tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ta`lim muassasalari o`qituvchi va o`quvchilari ishtirok etgan tadbirda yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish, ularni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, yuksak salohiyatli insonlar etib ulg`aytirishda kitobning o`rni beqiyos ekani alohida ta`kidlandi.

Prezidentimizning 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ib qilish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to`g`risida”gi qarori ijrosi doirasida viloyatda uzoq qishloqlar yoshlarining kitobga ehtiyojini ta`minlash borasida keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Kitoblarni tashish va saqlashga mo`ljallangan mazkur transport vositasi javonlarida 2 mingdan ortiq kitob joylashtirilgan.

2.JPG

15.JPG

– Davlatimiz rahbarining biz, sirdaryolik yoshlarga taqdim etgan bu noyob sovg`asi chekka hududlarda yashaydigan aholi, ayniqsa, yoshlarni milliy va jahon mumtoz adabiyoti durdonalaridan bahramand etish imkoniyatini yaratadi, – deydi O`zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi Sh.Zayniddinov. – Bibliobus boradigan har bir qishloqda yoshlar shoir va yozuvchilar bilan uchrashadi, adabiy kechalar tashkil etiladi.

Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi G`.Mirzaev so`zga chiqdi.

Boshqa yangiliklar